O‘zbekiston futzal terma jamoasi kecha Jahon chempionati guruh bosqichida Misrni mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng terma jamoamizning yetakchilaridan biri Davron Choriyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Dastlab guruh bosqichi taasurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz. Gvatemala bilan o‘yindan so‘ng terma jamoamiz qiyin holatda qolgandi. Ishonch pasaydi, tanqidlar yog‘ildi. Lekin Rossiya bilan o‘yinda kutilganidanda yaxshi o‘ynadinglar. Misr yutish orqali navbatdagi bosqich yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi...
- Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgandi. Bevosita guruh bosqichi borasida fikr bildiradigan bo‘lsam, birinchi uchrashuvdan so‘ng qiyin vaziyatga ro‘baro‘ keldik. Gvatemalani yutishimiz kerak edi, deb o‘ylayman. To‘g‘ri tanqid qilganlar ham bo‘ldi. Lekin ko‘pchilik oxirigacha ishonch bildirib duoda bo‘lganlar ham bo‘ldi.
- Misr bilan bahsda oldingi o‘yinlarda o‘xshamagan nima o‘xshadi?
- Misr bilan o‘yinga kelib hayajonlar ancha bosildi. Murabbiylar shtabi to‘g‘ri ko‘rsatma bera olishdi. Shu omillar bizga katta yordam berdi.
- Futzal terma jamoamizdan bundan ortig‘ini kutishimiz mumkinmi yoki bu bor imkoniyatimizmi?
- Biz hozirda minimum vazifani bajardik. G‘alabalarni davom ettirishga harakat qilamiz.
- Navbatdagi bosqichda Argentina yoki Erondan biri bizga raqiblik qiladi. Qaysi terma jamoa bilan to‘qnash kelishimizni istayapsiz?
- Raqib kimligi emas, muhimi o‘zimizga bo‘lgan ishonch. Ikki terma jamoa bilan ham o‘ynash mumkin, deb bilaman. Fursatdan foydalanib futzalni rivojiga katta hissa qo‘shayotgan O‘FA, saytingizga, muxlislarga, vatandoshlarimizga, oila a’zolarimga katta rahmat aytmoqchiman. Jamoadagi ichki muhitning yaxshi ekanligida sizlarning o‘rningiz beqiyos.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”