JCH—2021. O‘zbekiston 1/8 finalda qaysi jamoa bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

JCH—2021. O‘zbekiston 1/8 finalda qaysi jamoa bilan o‘ynashi ma’lum bo‘ldi
Foto: O‘FA
Futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 1/8 final juftliklari ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur bosqichda Eron bilan bahs yuritadi.

B guruhida Rossiyadan keyin 2-o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l olgan Bahodir Ahmedov shogirdlari F guruhida Argentinadan keyin ikkinchi bo‘lgan Eron bilan bahsga kirishadi. Uchrashuv 24 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da boshlanadi.

O‘zbekiston — Eron juftligi g‘olibi 1/4 finalda Qozog‘iston — Tailand bellashuvi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Eron shu paytgacha Osiyo chempionatlarida 12 bor to‘qnash kelgan va o‘yinlarning barchasida forslarning qo‘li baland kelgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar