Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov o‘z fikrlarini bildirdi.
- "Metallurg" klubi o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘ygan. Akademiyaga katta e’tibor berish orqali kelajakka intilmoqda. Bugun albatta, g‘alaba qozonishimiz kerak edi. Muxlislar xafa bo‘lmay turishsin. Ispaniyadan yaxshi mutaxassislar kelib, akademiyamizni kuchaytirishadi.
"So‘g‘diyona"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular darvozamiz tomon nechta zarba berishdi? 3 tami, 4 tami? 2 ta gol urdi. Bu – futbol", – deydi Jasur Abduraimov.
- Oxirgi yillarda Superligadagi klublar akademiyaga e’tibor qaratishni boshlashdi. O‘zbek klublari 80-90 foiz mahalliy futbolchilardan iborat bo‘lishi uchun necha yil kerak bo‘ladi?
- O‘zbek klublarini bilmayman, ammo "Metallurg"ga 3-4 yil kerak. Biz hozir ham faqat mahalliy futbolchilar bilan o‘ynayapmiz. Bizga legioner kerak emas. O‘zimizning futbolchilarni ko‘tarishimiz kerak. Nasib qilsa, 5 oktabr kuni akademiyamiz ochiladi.
- "Metallurg" darvozasiga urilgan ikkinchi golda hakamlar offsaydni ko‘rmay qolishdi. Klub shikoyat yozadimi?
- Bu savolga javob bera olmayman. Bir marta hakamlar haqida gapirgandim, keyin jarima to‘ladim. Men murabbiyman. Bir narsadan xayronman: Har doim yoki murabbiy yoki futbolchi aybdor bo‘ladi. Hamma xato qiladi, to‘g‘ri, lekin "Metallurg" klubining o‘ziga qarshi 6-7 marta xato kuzatilmoqda. Bu kimgadir kerakmi yoki kerakmasmi, bu narsalarga aralashmayman. Men yosh futbolchilarni ko‘taraman, akademiyani kuchaytiramiz va "Metallurg"ga yordam beraman. Hakam xato qildimi yoki qilmadimi, tushunmayman va bilmayman. Men hakam emasman. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...