09:58 / 03.10.2021
1 800

Jaloliddin Masharipov jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi

Jaloliddin Masharipov jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi
Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubida to‘p tepayotganidan xabaringiz bor.
Qizig‘i shundaki, "Al Nassr" Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga chiqqan, Saudiya Arabistoni chempionatida esa uchinchi o‘rinda borayotgan bo‘lishiga qaramay, klub rahbariyati bosh murabbiyni o‘zgartirdi.

Jamoani shu paytgacha boshqarib kelgan braziliyalik Mano Menzes o‘rnini portugaliyalik Pedro Emmanuel egalladi. Shunday qilib Pedro Emmanuel ikkinchi bor Saudiya Arabistoniga qaytdi. U birinchi marta 2018 yil "Al Taavon"ni boshqarib, 2019 yil Qirol Kubogida zafar quchgandi.

Eslatib o‘tamiz, "Al Nassr" 16 oktabr kuni OCHL chorak finalida BAAning "Al Vahda" klubiga qarshi bahs olib boradi. "Al Nassr" Saudiya chempionatida oxirgi 5ta o‘yindan to‘rttasida zafar quchdi. Shunga qaramay, bosh murabbiy ishdan ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi