16:00 / 04.10.2021
1 725

Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi

Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi
Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF chempioni hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7KO) o‘zining navbatdagi jangini 19 noyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Yangi Angliya mintaqasida o‘tkazadi. Bu haqda ESPN muhbiri Mayk Koppinjer xabar bermoqda.

U o‘z chempionlik kamarlarini majburiy da’vogar hisoblangan amerikalik Ronni Riosdan (33-3, 16 KO) himoya qiladi.

Boks oqshomining markaziy bahsi o‘rta vazn toifasida WBO chempioni Demetrius Andrade va Jeyson Kuingli o‘rtasida bo‘lishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev va Ronni Rios jangi sanasi va manzili aniq bo‘ldi