16:30 / 07.10.2021
1 346

Usmon Toshev tez orada O‘FAda ish boshlaydi

Usmon Toshev tez orada O‘FAda ish boshlaydi
Taniqli mutaxassisga O‘FAdan taklif bo‘lgani haqida gap-so‘z tarqaldi. Usmon Toshev hozirgi paytda "Nurafshon" (sobiq "Buxoro") futbol klubining bosh direktori sifatida ishlab kelayotganini yaxshi bilasiz. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mutaxassis yaqin kunlarda Toshkentga keladi va O‘FAda ish boshlaydi.

Usmon Qudratovichning O‘FAda Terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i sifatida ish olib borishi kutilmoqda. Xabaringiz bor, mazkur bo‘limni Aziz Haydarov boshqarib kelayotgandi, biroq JCH saralashdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Haydarov o‘z xohishiga ko‘ra O‘FAdan ketganidan beri bu lavozim egasiz qolyapti. Shu bois O‘FA Usmon Toshevga Terma jamoalar bo‘limini boshqarishni taklif etgan.

Voqealar rivoji qanday tus olishini vaqt ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Usmon Toshev tez orada O‘FAda ish boshlaydi