1 869
Usmon Toshev bir oy oldin: "Bu yer mening uyim". Usmon Toshev bugun: "O‘FAda ish boshladim"
O‘zbek futboli kechagi gap bugunga to‘g‘ri kelmaydigan bir davrni boshdan kechiryapti. Bundan roppa-rosa bir oy oldin saytimizda "Nurafshon" (sobiq "Buxoro") klubining bosh murabbiyi Usmon Toshevning intervyusi chop etilgandi. O‘shanda yosh hamkasbimiz Faxriddin Ro‘ziyev buxorolik murabbiy bilan intervyu uyushtirgan.
Suhbatda bir qator mavzular tilga olingan. Masalan, "Buxoro" nomining "Nurafshon"ga o‘zgarishi, Toshevning klub bosh direktorligiga taklif etilgani-yu, lekin amalda bosh murabbiy bo‘lib qolgani, klub bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagani, futbolchilarni 5 yillik shartnomaga imzo chektirgani va hokazo.
Usmon Toshevdek mutaxassis klub bilan 2025 yilga qadar shartnoma tuzdimi, demak uning rejalari ulkan bo‘lgan. Lekin bugun ko‘rdikki, u O‘FA Terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ish boshladi. Bu xafarni O‘FA ham tasdiqladi.
Faxriddin Ro‘ziyevning "Tojikiston terma jamoasidagi faoliyatdan so‘ng nega aynan "Buxoro"ga qaytdingiz?" degan savoliga Usmon Toshev "Bu yer mening uyim, hozir barchasini tartibga solishning vaqti keldi" deb javob bergan.
PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev 18 iyun kuni o‘zining telegram kanalida shunday post qoldirgan ekan:
"Buxoroga qaytayotgan Usmon Toshev bilan ko‘rishib, gaplashib oldik. Futbolni tushunadigan mutaxassisning kelishi birinchi yaxshi qadam.
So‘nggi 1 yilda ishlagan insonlar shaxsiyatini hurmat qilib aytamanki, ular Buxoro futboliga hech narsa berishmadi, faqatgina muammolarini ko‘paytirishdi xolos. Ular natija uchun aybdor sifatida hakamni, boshqa hamma narsa uchun O‘zPFLni ro‘kach qilib, o‘z muxlislarini aldashadi va fitnaga sabab bo‘lishadi. O‘zPFL Buxoroda futbol qayta jonlanishidan va ko‘hna shahar jamoasi chempionlik uchun kurashishidan doim manfaatdor. Biz shunchaki o‘z talablarimizni qat’iy qo‘yamiz. Hozir bahona qiladigan emas, ishlaydigan vaqt".
Bugun esa vaziyat o‘zgardi. Nimadir bo‘ldi-yu, Toshev "Buxoro"ni tark etdi. Klubning rejalari, keyingi yil uchun maqsadi va ayniqsa asosiy stadionda bo‘layotgan ta’mirlash ishlari yana qog‘ozda qoladigan bo‘ldi.
Usmon Toshevning O‘FAda faoliyat olib borishi o‘zbek futboliga qanchalik foyda berishini vaqt ko‘rsatadi, lekin bir narsani unutmaylik, biz avvalambor kuchli klublarga ega bo‘lmas ekanmiz, futbol bundan hech narsa yutmaydi. Endi tasavvur qiling, "Buxoro" klubining rejalari nima bo‘ladi? Toshev klubga qaytgach, 2025 yilga qadar shartnoma tuzgandi. Nega ish faoliyati hatto yarim yilga bormadi?
Kecha katta niyatlar bilan yeng shimarib ishga kirishgan mutaxassis bugun o‘zini boshqa joyda va boshqa lavozimda ko‘rayotgan bo‘lsa, bilingki, futbolimiz rivojiga hali bir qancha qovun pishig‘i kerak bo‘ladi.
X.Xoliqov
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz