
Xabaringiz bor, Srechko Katanes boshchiligidagi vakillarimiz ayni kunlarda Iordaniyada mashg‘ulotlar olib bormoqda. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yig‘in doirasida mezbonlarga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, "oq bo‘rilar" bugunga qadar Iordaniya bilan 14 marta to‘qnash kelgan. Shundan 9tasida terma jamoamiz g‘alaba qozongan bo‘lsa, bitta o‘yinda Iordaniya g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, 4ta bahsda durang qayd etilgan. So‘nggi bor jamoalar shu yilning fevral oyida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. O‘shanda O‘zbekiston termasi 2:0 hisobida zafar quchgan edi.
O‘yinlar tarixi

Iordaniya poytaxtidagi "Amman Internet Stadium"da bo‘ladigan bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
O‘zbekiston Terma JamoasiIordaniya O‘yiniXalqaro O‘rtoqlikSrechko KatanesO‘yinlar TarixiAmman Internet Stadium O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar