Xabaringiz bor, oktabr oyi oxirlarida boks bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. Taniqli sharhlovchi Davron Fayziyev mazkur musobaqa haqida fikr bildirdi.
"Oktabr oxirida Serbiyada boks bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladi. Ma’lum bo‘lishicha, terma jamoamiz tarkibiga ikki yulduzli jangchi qaytmoqda. Olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatov va Jahon chempioni Shahram G‘iyosov. Tanlanishdimi, demak yaxshi formada, demak tayyor, demak titul kutsa bo‘ladi. Chunki ikkisi ham profi (har qaysi ma’noda), katta jamoaviy turnirlarni sog‘inishgan. Tanqidga uchrashgan va isbotlash tuyg‘usi bor, boshqacharoq qilib aytganda sportcha jahl. Plyus katta nomlar. Medal olishsa bu to‘laqonli kambek bo‘ladi.
Umumiy tarkib esa agar Boks federatsiyasi shu holatida borishini tasdiqlansa, yosh va tajriba jihatdan aralash. Yangi nomlar ham bor. Bundan tashqari Mirzahmedov, Halakov kabi talantlar yoshi jihatdan jiddiy natijalar uchun ulg‘ayib bo‘lgan. Bir so‘z bilan aytganda, boksdagi yetakchilikni egalariga qaytarish vaqti keldi. Omad", - deya yozib qoldirdi Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz