"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev "Metallurg"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
- Raqib darvozasiga 11 metrlik jarima to‘pi belgilangach, o‘yinda g‘alaba qozonishingizga ishonganmidingiz?
- Bugun g‘alabaga ishongandim, chunki raqibga nisbatan har tomonlama kuchliroq edik. Penaltigacha ham ko‘p vaziyatlar yaratdik, biroq omad bizdan yuz o‘girdi. Qaysidir vaziyatda raqib darvozaboni hamda himoyachilari yaxshiroq harakat qildi. Albatta, g‘alaba oldindan kutilmagan edi. Futbolda omad kuchlilarga kulib boqadi deyilganidek, bugun o‘z kuchimizni namoyish etdik hamda g‘alaba qozondik.
- "Nasaf" juda ko‘p imkoniyatlarni yaratdi, bulardan foydalana olmaslikning sababi nimada? Bu futbolchilarning terma jamoada ishtirok etishining salbiy ta’siri hisoblanadimi?
- Albatta, bunday vaziyat bo‘lishini kutgandik. Yigitlar ko‘p tanaffusda bo‘lishdi, ligeonerlarimiz uylariga borib kelishdi, terma jamoa o‘yinchilari yig‘inda bo‘lishdi. Shu bois mashg‘ulot jarayoni to‘liq tarkibda o‘tkazilmadi. Bu, albatta, uchrashuvga ta’sir o‘tkazardi, biroq o‘ylashimcha, bugun ko‘p vaziyatlar yarata oldik. Ushbu vaziyatlarni birinchi bo‘limda aniq amalga oshira olganimizda, natija boshqacha bo‘lardi. Zaxiradan maydonga tushgan o‘yinchilar bahsni qo‘ldan boy berdi, bu haqda futbolchilarga ham aytdim. "Metallurg"da ham o‘yin yakunida hisobni tenglashtirish uchun imkoniyatlar bo‘ldi.
- O‘tgan gal ham ta’kidlagandek, Kaluderovichning jamoaga ko‘nikib ketishi uchun yana qancha vaqt kerak deb o‘ylaysiz?
- Futbol bu jamoaviy o‘yin. Kelinglar, har bir o‘yinchiga urg‘u bermaylik. Qaysidir futbolchi o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsatadigan bo‘lsa, qaysidir o‘yinchi bahsga kirisholmaydi. Bu futbolda uchrab turadigan hodisa. Lekin bir narsani guvohi bo‘lyapmiz, sermahsullik yoki hujum chizig‘idagi vaziyatlarni yaratishda ham Norchayev unga nisbatan ancha faolroq harakat qilyapti. Shuning uchun Norchayevga ko‘proq imkoniyat beryapmiz. Bugun Norchayevda ham ko‘pgina vaziyatlar yuzaga keldi, ularning barchasini golga aylantirolmagan bo‘lsa-da, jamoaga katta yordami tegdi.
- OFK kubogi uchun 20 oktabr kuni navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Raqib jamoani qay darajada o‘rgandingiz? Ularning imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Raqib jamoada legioner, milliy terma jamoasida to‘p suradigan futbolchilar bor. Ularning 2-3 o‘yinini ko‘rib chiqdim. Ertadan boshlab jamoa a’zolariga raqibning har bir o‘yinchisi haqida ma’lumotlar beramiz.
- Birinchi bo‘lim oxirlarida raqib darvozasi yonida Doniyor Narzullayev to‘pni uzatgandan ko‘ra o‘zi tepganda gol bo‘lish imkoniyati ko‘proq bo‘larmidi?
- Qarshi hujumda yaxshi vaziyatga ega bo‘lgandik. Narzullayev pas berishga qaror qildi, bu ham to‘g‘ri bo‘ldi-yu, Norchayev imkoniyatdan foydalana olmadi. Balki Narzullayevning o‘zi to‘pni tepganda ham ma’qul ish bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Tramp jamoasi rasmiylarga yoqmagan generallarni “tozalash” uchun farmon tayyorladi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi