10:51 / 16.10.2021
1 808

Jiddiy yo‘qotish: Jahon chempionati oldidan 4 nafar kubalik bokschilar safdan chiqdi

Jiddiy yo‘qotish: Jahon chempionati oldidan 4 nafar kubalik bokschilar safdan chiqdi
Shu yilning 24 oktabridan 6 noyabriga qadar Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kuba boks terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etishi kerak bo‘lgan 4 nafar a’zosi – Billi Rodriges (-48 kg), Damiyen Arse (-51 kg), Yosbani Veytiya (-54 kg) va Deniyer Peroda (+92 kg) koronavirus aniqlangan va izolyatsiyaga olingan.

Endi kubaliklarning tarkibi quyidagicha ko‘rinish oladi:
-57 kg: Osvel Kabalero
-60 kg: Lazaro Alvares
-63.5 kg: Endi Kruz
-67 kg: Kevin Braun
-71 kg: Roniel Iglesias
-75 kg: Yoenlis Felisiano Ernandes
-86 kg: Xerix Ruis
-92 kg: Xulio Sezar La Krus

Qayd etish lozim, Kuba terma jamoasi JCHga tayrgarlikni O‘zbekistonda, Yangiobod sport bazasida olib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi barcha 13 ta vazn toifasidagi bokschilar bilan qatnashadi. Tarkibga Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov ham qaytgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jiddiy yo‘qotish: Jahon chempionati oldidan 4 nafar kubalik bokschilar safdan chiqdi