Superliganing 22-turidan o‘rin olgan "Turon" – "Surxon" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Igor Shkvirin o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin bo‘yicha izohim bitta — gol urish zarur. Bizda ko‘p standart vaziyatlar yuzaga keldi va u orqali gol urdik. Standartlardan unumli foydalanish yaxshi uzatma amalga oshirilishiga bog‘liq. Biz mashg‘ulotlarda buni ustida ko‘p ishladik. Hujumda nafaqat bir-birimizni tushunmadik, balki imkoniyatlardan ham foydalana olmadik. Fozil Musayev 2 ta imkoniyatdan 1 tasini golga aylantirdi. Mana muammo qayerda.
Tavakkalga qo‘l urib, o‘zgarishlar qilish? Sizga qarama-qarshi savol: Otabek Zokirov va Asilbek Qayumovni kimni o‘rniga tushirish kerak? Balki himoyachini olib tashlasak bo‘lardi. Shunchaki biz birinchi taymni boy berdik. Dastlabki 20 daqiqada harakatlandik, xolos. Ikkinchi taymda ham yaxshi ko‘rinmadik. "Surxon" juda kuchli jamoa emasdi. Havodagi kurashlarning deyarli barchasida yutqazdik.
Tavakkalga borasizmi-bormaysizmi, yaqqol vaziyatlardan foydalanib qolib, gol urish kerak. Bu futbolchilarning darajasiga bog‘liq. Afsuski, bizda borgan sari kam imkoniyat qolyapti. "Nasaf"ga qarshi bahsni inobatga olmaganda, o‘yinlarda har qanday raqibdan ko‘p imkoniyatga ega bo‘lyapmiz", – dedi Igor Shkvirin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi