23:00 / 16.10.2021
1 078

"Hakamlar xatosi bilan yutolmayapmiz, yana qanaqa o‘ynash kerak?" - Hamidjon Aktamov

"Hakamlar xatosi bilan yutolmayapmiz, yana qanaqa o‘ynash kerak?" - Hamidjon Aktamov
Superliganing 22-turida “Paxtakor” o‘z maydonida “Qizilqum”ni 4:2 hisobida yengdi. Lekin uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov hakamlik borasida jiddiy gaplarni aytdi.

- Bugungi o‘yin haqida nima deyman? Har doimgi kino davom etyapti. Hakamlarga qachon insof kiradi? E’tirozlarimizni yozyapmiz. Menimcha, bugun yomon o‘ynamadik, yaxshi o‘ynadik. Ikkita penalti ham noto‘g‘ri qo‘yildi. Bilmadim, oxiri nima bo‘ladi? Qachon bu ishlar tugaydi? Hakamlardan noroziman.

Har doim ular qanaqa qaror chiqarsa, qonunga to‘g‘ri kelaveradi. Lekin to‘p qo‘lga tegmadi. Islom To‘xtaxo‘jayev hech qachon yolg‘on gapirmaydi. To‘p oyog‘iga tekkani yaqqol ko‘rinib turibdi, ammo qo‘liga tegmadi. Ikkinchisida chiziqdan tashqarida bo‘lyapti, ammo u ichkarini ko‘rsatdi. O‘ynaydigan jamoalarga hech bo‘lmasa to‘g‘ri hakamlik qilsin. Mayli, 50x50 vaziyatlarni ham ularga bersin. Ammo to‘g‘ri hakamlik qilsin. Oxirgi ikki-uchta o‘yindan beri hakamlarning xatosi bilan durang o‘ynayapmiz, yutolmayapmiz. Futboldan to‘yib ketdi hamma, rost gap.

Futbolchilarimizni jismoniy holatda yana ikki taym o‘ynashga kuchi yetadi. Ular ruhan “sindi”. Islom Kenjaboyevni hakam so‘kibdi, uni ham yozaman. Maydonda hakam futbolchimizni og‘ziga kelgan gap bilan so‘kyapti. Kenjaboyev Anzur Ismoilovdan to‘pni olib qo‘ydi, ungacha ikki marta qoida buzildi, yana bermadi. Oldingi o‘yinlarimizda mana shunday vaziyatlarda kechiktirilgan fol deb o‘ylab topishdi.

Belgilangan nuqtada to‘pni o‘ynash kerakmi? O‘rtadan boshladi, oldinga o‘tishdi, keyin oyog‘i bilan qaytarganni qo‘lga tegdi deb penalti beryapti. Qo‘lni kestirish kerakmi? Hech ularni tushunmadim. “Paxtakor” Osiyo Chempionlar ligasida vatanimiz sharafini himoya qiladi, asosiy jamoamiz. Bizni natija qila olmasligimizda ko‘proq hakamlar ham aybdor. Yana qanaqa o‘ynash kerak? Jamoani yana qanday tayyorlash kerak?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » "Hakamlar xatosi bilan yutolmayapmiz, yana qanaqa o‘ynash kerak?" - Hamidjon Aktamov