Himoyadagi jiddiy yo‘qotish: «Real» Asensioning jarohatidan so‘ng 3 nafar nomzodni tanladi

Himoyadagi jiddiy yo‘qotish: «Real» Asensioning jarohatidan so‘ng 3 nafar nomzodni tanladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Markaziy himoyachi Raul Asensio jarohat olgani sababli, «Real» klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun uch nafar nomzodni ko‘rib chiqmoqda.
  • Madrid grandi Xakobo Ramon, Niko Shlotterbek va Alessandro Bastoni nomzodlarini o‘rganmoqda.
  • «Real» rahbariyati o‘z tarbiyalanuvchisi Xakobo Ramonga ustuvor variant sifatida qarayotgan bo‘lsa-da, futbolchining doimiy o‘yin amaliyotini yo‘qotishni istamasligi transferga asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin.

Madridning «Real» klubi kutilmagan muammoga duch keldi. Markaziy himoyachi Raul Asensio jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqani sababli «qirollik klubi» shoshilinch ravishda markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida bosh qotirmoqda.

Ispaniyaning Fichajes nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, madridliklar seleksiya xizmati mudofaa markazi uchun qisqa ro‘yxat shakllantirgan bo‘lib, undan uch nafar taniqli himoyachi joy olgan.

«Real» short-listidagi 3 nomzod: kimlar bor?

Madrid grandi nishonida turgan futbolchilar:

  1. Xakobo Ramon («Komo») — asosiy va ustuvor variant;

  2. Niko Shlotterbek («Borussiya Dortmund»);

  3. Alessandro Bastoni («Inter»).

Ayni damda «Real» rahbariyati eng ma’qul va qulay variant sifatida o‘z tarbiyalanuvchisi Xakobo Ramonga e’tibor qaratmoqda.

9 million yevrolik qayta sotib olish bandi va asosiy to‘siq

«Real» Ramon bo‘yicha transferni ancha qulay shartlarda amalga oshirishi mumkin:

  • Madrid klubi 2025 yilning yozida 20 yoshli himoyachini Italiyaning «Komo» jamoasiga 2,5 million yevroga sotgan edi.

  • Bitimga ko‘ra, «Real» futbolchining huquqlarini 50 foizini o‘zida saqlab qolgan va shartnomaga bir qator qaytarib olish bandlarini kiritgan. Kelasi yozda madridliklar uni 9 million yevro evaziga qaytarib olish imkoniyatiga ega.

Biroq transferga asosiy to‘siq pul emas, futbolchining shaxsiy xohishi bo‘lishi mumkin. Hozirda Xakobo Ramon «Komo» safida muntazam ravishda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushmoqda. Doimiy o‘yin amaliyotini yo‘qotishni istamayotgani bois uning Madridga zaxiraga qaytishga unchalik moyil emasligi aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, La Liganing ortda qolgan yetti turidan so‘ng «Real» 15 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog‘onasida bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar