20:45 / 21.10.2021
1 713

Lazizbek Mullajonov: "Boks ishqibozlari tomonidan men va Jalolovni taqqoslash bo‘ladi. Bu menga kuch beryapti!"

Lazizbek Mullajonov: "Boks ishqibozlari tomonidan men va Jalolovni taqqoslash bo‘ladi. Bu menga kuch beryapti!"
Xabaringiz bor, yana bir necha kundan so‘ng Serbiyada boks bo‘yicha jahon chempionati boshlanadi. Bu safar +92 kg vazn toifasida Bahodir Jalolovning o‘rniga yosh, iqtidorli bokschimiz Lazizbek Mullajonovga imkon berilmoqda. SPORTS.uz sayti chempionat oldidan uning fikrlari bilan qiziqdi.

- Ushbu yirik musobaqada aynan og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik sporticha e’tibor ko‘proq qaratiladi. Jalolovdan keyin qanday o‘rinbosar yetishib chiqqani ko‘pchilikka qiziq. Bu siz uchun qay darajada mas’uliyat yuklaydi? Musobaqa oldidan hayajon bormi?
- Xozir xohlaymizmi, yo‘qmi, albatta, ishqibozlar tomonidan men va Jalolovni taqqoslashadi. U butun dunyoga o‘z kuchini ko‘rsatib qo‘ydi va bu narsa menga ham kuch bermoqda. Shu bilan birgalikda, yelkamga katta bir mas’uliyat yuklayapti, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

- Amerika, Qozog‘iston va Buyuk Britaniyaning jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibida Richard Torres, Freyzer Klark, Kamshibek Konkabayev kabi Olimpiada o‘yinlari sovrindorlari o‘rin olmagan. Bu siz uchun yaxshi yangilik, desak bo‘ladimi? Yoki aynan ularga qarshi o‘zingizni sinab ko‘rishni istagan edingizmi?
- Qaysidir ma’noda yaxshi yangilik, deb ham bo‘lmaydi. Chunki yangi nom, yangi qirralar, biz ularni yaxshi tanimaymiz. Lekin men uchun katta imkoniyat, deb o‘ylayman va Xudo xohlasa, g‘alaba qozonamiz.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli Mullajonov yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, bir qator xalqaro turnirlar g‘olibi va harbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionati oltin medali sohibi hisoblanadi. Barcha bokschilarimizga omad yor bo‘lsin, deb qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lazizbek Mullajonov: "Boks ishqibozlari tomonidan men va Jalolovni taqqoslash bo‘ladi. Bu menga kuch beryapti!"