Bugundan e’tiboran poytaxtimizda 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichining "D" guruh uchrashuvlariga start berildi.
Ilk turdan o‘rin olgan Saudiya Arabistoni - O‘zbekiston (2:2) uchrashuvidan so‘ng saudiyaliklar bosh murabbiyi Saad Al Shehri fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Assalomu alaykum. Bugungi uchrashuv qiyin o‘tishi kutilgandi. Kech kelganimiz ham ta’sir qildi. Natija qoniqarli. Asosiy maqsad keyingi ikkita uchrashuvda g‘alaba qozonish. Birinchi uchrashuvni kuchli raqibga qarshi o‘tkazganimiz ham foyda berdi. Navbatdagi bahslarda xushyorroq o‘ynaymiz.
- Tailanddagi Osiyo chempionati sizning murabbiylgigingizdagi terma jamoa bizning U-23 terma jamoamizga qarshi o‘ynagan va g‘alaba qozongan edi. Bugun ulardan bir necha yosh kichik bo‘lgan terma jamoa bilan o‘ynadingiz. Ular o‘rtasidagi farqni ayta olasizmi? Qaysi biri kuchliroq?
- Albatta to‘g‘risini aytsam, bu - yangi avlod. O‘zbekistonda hamisha kuchli yoshlar yetishib chiqqan. Turli yosh toifalaridagi terma jamoalarga qarshi o‘yin doim qiyin kechadi.
- Saudiya Arabistoni yoshlari gol urganidan so‘ng o‘yinni pasaytirib yuborishi nima bilan bog‘liq?
- Bugungi uchrashuv muhim, lekin natija tomondan ahamiyatli emasdi. Boisi bugungi ochko hisobga olinmaydi. Shu bois bugun ko‘proq o‘yin amaliyoti kam bo‘lgan futbolchilarga imkoniyat berdik. Asosiy ijrochilarni navbatdagi bahsga olib qo‘yganmiz". “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi