23:03 / 30.10.2021
1 754

Zubayra Tuxugov braziliyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, MMA’dagi 20-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Zubayra Tuxugov braziliyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, MMA’dagi 20-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
BAAning Abu-Dabi shahridagi «Jangchilar oroli»da 30 oktabr kuni UFC 267 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

MMA oqshomida Prelim kard janglari yakunlandi. Kardning asosiy janglaridan biri Zubayra Tuxugov va Rikardo Ramos o‘rtasida kechdi. Dastlabki raund rossiyalik sportchining ustunligida o‘tdi. Zubayra raundning so‘nggi daqiqasida kuchli tirsak zarbasini o‘tkazib yubordi, biroq Ramos vaziyatni yakunlay olmadi.

Ikkinchi raund to‘liq Tuxugovning ustunligida o‘tdi. Uchinchi raund esa teng kurashlar ostida kechdi.

Prelim kard natijalari bilan tanishing:
Zubayra Tuxugov (20-5-1) ochkolar evaziga Rikardo Ramosni (15-4) mag‘lubiyatga uchratdi;
Albert Durayev (15-3) ochkolar evaziga Roman Kopilovni (8-2) mag‘lub qildi;
Elizeu dos Santos (23-7) ochkolar evaziga Benua Sen Denisni (8-1) yengdi;
Mixal Olesiychuk (16-4) 1-raundda Shamil Gamzatovni (14-1) texnik nokautga uchratdi;
Leron Myorfi (11-0-1) 2-raundda Makvan Amirxonini (16-7) nokautga uchratdi;
Andrey Petroski (7-1) 3-raundda bo‘g‘ish usuli bilan Hu Yaoszunni (3-3) taslim etdi;
Tagir Ulanbekov (14-1) ochkolar evaziga Allan Nasimentodan (18-6) ustun keldi.

Asosiy kard
Yan Blahovich (28-8) — Glover Teysheyra (32-7)
Pyotr Yan (15-2) — Kori Sendhagen (21-10)
Islom Maxachev (20-1) — Den Huker (21-10)
Aleksandr Volkov (33-9) — Marchin Tibura (22-6)
Li Szinlyan (18-6) — Hamzat Chimayev (9-0)
Magomed Ankalayev (14-1) — Volkan O‘zdemir (17-5)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zubayra Tuxugov braziliyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, MMA’dagi 20-g‘alabasini qo‘lga kiritdi
ePN