Mourino: Gapirmayman, gapirsam jazolashadi!

Mourino: Gapirmayman, gapirsam jazolashadi!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Milan”ga boy berilgan uchrashuvdan keyin jurnalistlarning savollariga javob berishdan bosh tortdi.

- “Milan”ni tabriklayman. Boshqa hech narsa demayman. Gapirsam, kelasi hafta murabbiylar joyida meni ko‘rmaysizlar. Biz yomon o‘ynadik, lekin maydonda borimizni berdik. Bor gap shu, - dedi Joze Mourino.

Joze Mourino jamoasi yutqazgan uchrashuvlarda keskin va o‘tkir fikr bildiradi. Yaqinda hakamlarni tanqid qilgani uchun qizil kartochka olib, maydondan haydalgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar