Rasman: Xavi Ernandes «Barselona» bosh murabbiyiga aylandi

Rasman: Xavi Ernandes «Barselona» bosh murabbiyiga aylandi
Foto: «Instagram»
«Barselona» matbuot xizmati Xavi Ernandes jamoa bosh murabbiyligiga tayinlanganini e’lon qildi. «As-Sadd»ning sobiq bosh murabbiyi bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangan.

Xavi dam olish kunlarida Barselonaga kelishi kutilmoqda. 8 noyabr kuni uning ishtirokida maxsus matbuot anjumani tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ronald Kumanni 28 oktabr sanasida, «Rayo Valyekano»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqargandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar