Bugun gruziyalik UFC jangchisi Liana Jojua UFCdan ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan UFC go‘zali haqidagi materialimizni qayta chop etishga qaror qildik.
U 1995 yilning mart oyida Gruziyada, mamlakat poytaxti Tbilisi shahrida tug‘ilgan.
Jojua bolalikdan san’atga jiddiy tarzda qiziqqan. U fortepianoni maromiga yetkazib chala oladi. Balki, 16 yoshida amerikalik Jina Karanoning MMAdagi janglarini ko‘rib, mazkur sport turiga qiziqish paydo bo‘lmaganida, u hozir aktrisa yoki musiqa o‘qituvchisi bo‘lishi ham mumkin edi.
Liana oktagondagi harakatlari emas, ko‘proq tashqi ko‘rinishi bilan mashhurroq.
MMAga muay-taydan kirib kelgan Jojua bugungacha 13 ta jang o‘tkazishga ulgurdi va ulardan 8 tasida g‘alabaga erishgan (5 mag‘lubiyat).
Liana Grozniyning "Axmat" aralash yakkakurash klubi a’zosi hisoblanadi.
Rus fuqaroligini qabul qilgan sportchi janglarga Rossiya nomidan chiqadi
Darvoqe, u Moskva Davlat Pedagogika Universitetini tamomlagan. Kelajakda o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqchi. Gruzin go‘zalining bo‘lajak o‘quvchilariga havas qilishni ham, achinishni ham bilmaysan kishi...
U UFC'dagi so‘nggi to‘rtta jangining faqatgina bittasida g‘alaba qozondi. So‘nggi jangida esa kerakli vaznni ham qila olmagan, shu holatda ham raqibasiga ochkolar hisobiga ko‘ra yutqazgandi. Bugun esa uning UFCdan ketgani haqida ma’lum qilindi.
Jojua endi faoliyatini qaysi yo‘nalishda davom ettirishini yaqin orada bilib olamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi