Otabek Umarov BAA MOQ vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

Otabek Umarov BAA MOQ vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
20 noyabr kuni Osiyo olimpiya kengashining Bosh assambleyasi 40-yubileyi arafasida Ijroiya kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Otabek Umarov BAA MOQ vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
«Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun chinakam muhim voqeadir. OSA prezidenti vazifasini bajaruvchi Raja Randhir Singh va OSA bosh direktori doktor Husayn Al-Musallam bilan muzokaralar, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi rahbari Robin Mitchell bilan o‘tkazilgan muzokaralar juda samarali bo‘ldi», deya yozadi Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov telegramdagi sahifasida.
Otabek Umarov BAA MOQ vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
21 noyabr kuni BAA Sport bosh boshqarmasi raisi – Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Otabek Umarov BAA MOQ vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
«Doktor Ahmad Abdulloh Humeyd Bil Hul Al Falasiy qit’a mamlakatlari aro muloqot uchun Osiyo Olimpiya kengashi muhim ekanligini ta’kidladi.
Otabek Umarov BAA MOQ vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
BAAdagi do‘stlarimiz O‘zbekiston sportchilarining muvaffaqiyatlarini diqqat bilan kuzatib boradilar va mamlakat rahbariyatining ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholaydilar.
Otabek Umarov BAA MOQ vitse-prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
O‘zbekistonning ko‘plab sport yo‘nalishlaridagi yetakchilik pozitsiyalari alohida qayd etildi: BAA, o‘z navbatida, bunday salmoqli natijalarga erishish imkonini beruvchi tajribani o‘zlashtirishdan manfaatdor. Albatta, ushbu hamkorlik doirasida davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yanada chuqurlashib boradi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar