Xitoy kinosining eng mashhur aktrisasi Fan Binbinning birdan yo‘qolib qolishi ortida qanday haqiqat bor?

Xitoy kinosining eng mashhur yulduzlaridan biri Fan Binbin 16 sentyabr kuni 45 yoshga to‘ldi. 50 dan ortiq filmda rol ijro etgan aktrisa 2018 yilda kutilmaganda omma ko‘zidan g‘oyib bo‘ldi. Uning yo‘qolishi ortida esa katta moliyaviy mojaro turgan edi.
2018 yil may oyida Fan Binbinning "Mobil telefon 2" filmi uchun olgan gonorari atrofida mojaro yuzaga keldi. Teleboshlovchi Suy Yun’yuan aktrisaning shartnomasining ikki nusxasini e’lon qildi.
Bir hujjatda gonorar 7,8 million dollar, boshqasida esa atigi 1,5 million dollar deb ko‘rsatilgani aytildi.
Bu holat aktrisaga nisbatan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash haqidagi ayblovlarning kuchayishiga olib keldi. Mojaro ortidan Fan Binbinga aloqador kompaniyalar aksiyalari keskin pasaydi. Aktrisaning nomi, daromadlari va filmlari haqidagi ayrim ma’lumotlar internetdan olib tashlandi.

Unga soliqlar va jarimalar sifatida 131 million dollar to‘lash majburiyati yuklatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Shundan 70 million dollarini shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lagani aytiladi. Mojaro faqat Fan Binbin bilan cheklanib qolmadi. Xitoy kino sanoatida aktyorlar gonorariga cheklovlar joriy etildi va soliq nazorati kuchaytirildi.
2020 yilda esa aktrisa asta-sekin ijodga qaytdi. U yirik jurnallar muqovalarida ko‘rindi va yangi loyihalarda ishtirok eta boshladi.































Izohlar 0
…