2 dekabr kuni Tennis Integrity Agency (ITIA) agentligi sobiq tennischi Albina Xabibulina umrbod diskvalifikatsiya qilinganini tasdiqladi. Bunga Tennisda korrupsiyaga qarshi kurash dasturining (TACP) ko‘plab qoidalari buzilgani sabab bo‘lgan, deb xabar berdi Gambling Insider.
Tennischi oldindan kelishilgan o‘yinlarni tashkil qilish aybi bilan umrbod sportdan chetlatildi. U faoliyati davomida IFT yakkalik bahslarida eng ko‘p ochko 492 ball, IFT juftlik bahslarida esa eng ko‘p ochko – 208 to‘plagan.
Albina 2021 yil 21 noyabrdan diskvalifikatsiya qilingan va o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga e’tiroz bildirmagan. Sportchining arbitraj sudiga apellyatsiya berishi uchun yana 20 kun bor.
Albina Xabibulina 2017 yildan beri O‘zbekiston fuqarosi hisoblanmaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonot bergan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi