15:35 / 06.12.2021
2 472

Xalqimizning faxri, g‘ururi va iftixori bo‘lgan “Nasaf”ni hammamiz sevamiz — Murotjon Azimov

Xalqimizning faxri, g‘ururi va iftixori bo‘lgan “Nasaf”ni hammamiz sevamiz — Murotjon Azimov
Foto: Xalq so‘zi
Kecha Qashqadaryoda O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan “Nasaf” futbol jamoasini sharaflashga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi. Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan avtobusni yo‘l bo‘ylab futbol ishqibozlari olqishlar bilan qarshi olishdi. Markaziy o‘yingohda bo‘lib o‘tgan bayram dasturida esa minglab “Nasaf” muxlislari stadionni to‘ldirdi.

Bayram dasturida Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, futbolchilarni, murabbiylarni ulkan g‘alaba bilan muborakbod etdi:

Xalqimizning faxri, g‘ururi va iftixori bo‘lgan "Nasaf"ni hammamiz sevamiz, — dedi viloyat rahbari. — Jamoa 1997 yildan buyon O‘zbekiston Oliy ligasi musobalarida ishtirok etib, O‘zbekiston chempionatining 10 karra bronza, 3 karra kumush medalini va bir marta O‘zbekiston Super Kubogini qo‘lga kiritdi. "Nasaf" futbol jamoasi hozirga qadar yurtimiz jamoalari ichida yagona bo‘lib turgan xalqaro sovrin — Osiyo Konfederatsiyalari Kubogini qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘lgan “Nasaf” jamoasi vakillarini butun viloyat ahli nomidan, qolaversa, o‘z nomimdan samimiy muborakbod etar ekanman, ularga Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichida ham omadlar yor bo‘lishini tilab qolaman.

Shundan so‘ng Markaziy o‘yingohda taniqli san’atkorlar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

Faxriddin Bozorov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xalqimizning faxri, g‘ururi va iftixori bo‘lgan “Nasaf”ni hammamiz sevamiz — Murotjon Azimov