1 726
O‘zbekiston U-21 chempionati loyihasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha fikr almashilmoqda
Bilasiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi OFK talablari asosida musobaqalar o‘tkazish jarayonini bosqichma-bosqich takomillashtirib kelmoqda. Jumladan, 2021 yilgi mavsumda U-18 chempionati ilk bor katta masshtabda o‘tkazildi, shuningdek, U-16 hamda U-14 musobaqalari ham ortda qolayotgan yilda o‘zgacha tarzda tashkil etildi.
2020 yilga qadar OFK litsenziyalash jarayonidan faqatgina Superliga klublari o‘tgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib Pro liga jamoalari ham OFK litsenziyasi uchun potensial da’vogarga aylandi. O‘zPFL bu orqali Superliga va Pro liga klublari oldiga qo‘yilayotgan talablarni tenglashtirgan holda, Pro liga klublari saviyasini infratuzilma jihatidan Superligaga yaqinlashtirish yo‘lidan bormoqda. 2022 yilga kelib esa Birinchi liga klublari ham mazkur jarayonda ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Bu holat kelajakda Pro liga va Superliga klublari sonining oshishiga xizmat qiladi.
Ayni vaqtda Superliga va Pro liga o‘rtasidagi yagona farq U-21 jamoasining mavjud yoki mavjud emasligi bo‘lib turibdi. O‘zPFL 2022 yilgi mavsumdan boshlab mazkur masalaga ham alohida e’tibor qaratishni rejalashtirmoqda. Ya’ni, endilikda Pro liga klublari qoshida ham U-21 jamoalarining tashkil etilishi bosqichiga o‘tish – asosiy vazifa bo‘ladi.
Ma’lumki, futboli rivojlangan mamlakatlarning U-21, U-23 kabi chempionatlari asosiy tarkibnikidan alohida tarzda tashkil etiladi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi aynan shu masalada klublar bilan U-21 chempionatini alohida tashkil etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra, Superliganing barcha hamda Pro liganing davlat korxonalari tomonidan moliyalashtirilayotgan futbol klublari U-21 jamoasiga ega bo‘lishi shart etib belgilanadi. Pro ligada ishtirok etayotgan xususiy klublar esa ixtiyoriy ravishda U-21 chempionatiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mazkur holat bizga U-18 chempionati kabi ikki liga vakillarini umumiy jamlagan alohida musobaqa tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida o‘zini ko‘rsatish niyatida bo‘lgan qator yosh futbolchilarga qo‘shimcha o‘rinlar tashkil qilish imkonini beradi.
Ma’lumki, U-21 chempionatining asosiy tarkib jamoalaridan bir kun avval yoki bir kun keyin maydonga tushishi, o‘rinbosarlar ligasiga bo‘lgan e’tiborga o‘z ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Ya’ni, barchaning diqqat e’tibori baribir asosiy tarkib jamoasida bo‘ladi. Hatto bosh murabbiylar ham U-21 chempionatini kuzatish fonida o‘z jamoasining o‘yinoldi mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan bo‘ladi. U-21 chempionatining alohida va umumiy tashkil etilishi esa mazkur yosh toifasidagi jamoalarga bo‘lgan e’tiborni tubdan o‘zgartirish imkonini beradi.
O‘zPFL ayni paytda bu borada futbol klublari bilan maslahatlashuv olib borib, ularning fikrlarini o‘rganmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"