AQSHning Las-Vegas shahrida Toshkent vaqti bilan 12 dekabr tongida UFC 269 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasi chempioni Charlz Oliveyra (32-8) va da’vogar Dastin Pore (28-7) o‘rtasida kechdi. Uchinchi raundda Oliveyra raqibiga bo‘g‘ish usulini qo‘llab, g‘alaba qozondi va kamarni muvaffaqiyatli himoya qildi.
Yana bir markaziy janglardan birida sensatsion natija qayd etildi. Ancha vaqtdan beri chempionlik kamarini hech kimga bermay kelayotgan Amanda Nunes kutilmaganda Juliana Penyaga yutqazib qo‘ydi.
Quyidagi musobaqa natijalari bilan tanishing:
Asosiy kard
- Charlz Oliveyra 3-raundda Dastin Poreni bo‘g‘ish uslubi bilan taslim etdi;
- Julianna Penya 2-raundda Amanda Nunesni sabmishen orqali mag‘lub etdi;
- Jeff Nil hakamlar qarori bilan Santiago Ponzinibbiodan ustun keldi;
- Kay Kara Frans 1-raundda Kodi Garbrandtni nokautga uchratdi;
- Shon O’Melli 1-raundda Raulian Payvani nokaut qildi.
Prelim kard
- Josh Emmet hakamlar ochkolar hisobiga Den Igedan ustun keldi;
- Dominik Kruz hakamlar qaroriga ko‘ra Pedro Munyosni yengdi;
- Tai Tuyvasa 2-raundda Augusto Sakaini nokautga uchratdi;
- Brunu Silva 1-raundda Jordan Raytni nokautga uchratdi;
- Andre Muniz 1-raundda Erik Andersni sabmishen bilan yutdi;
- Erin Blenchfild hakamlar qaroriga ko‘ra Miranda Meverikdan ustun keldi;
- Rayan Holl hakamlar qaroriga ko‘ra Derrik Minnerni mag‘lub etdi;
- Toni Kelli 2-raundda Rendi Kostani nokautga uchratdi;
- Jillian Robertson 1-raundda Pritsilla Kachoeyrani sabmishen bilan taslim etdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"