
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng jamoasi "Inter"ga qarshi to‘qnash kelgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Hammasi joyida. Albatta, bu qiyin raqib. “Inter” A Seriyada yetakchilik qilmoqda, ular yaxshi formada va yaxshi jamoa.
O‘tgan mavsumda "Inter" Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi, shu bois "Liverpul"ga oson bo‘lmaydi. Lekin bu o‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin, shuning uchun harakat qilish kerak. Bu haqiqiy Chempionlar ligasi juftligi bo‘ldi.
- Sizningcha qur’aning qayta o‘tkazilgani to‘g‘rimi?
- Albatta. Men uni jonli ravishda tomosha qildim va shunday deb o‘yladim: "Hamma narsani shunday qoldirib bo‘lmaydi, hech qachon". Albatta, hammasini takrorlash kerak edi”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar