Foto: PFL
Toshkentdagi Renaissance Hall saroyida 25 dekabr, shanba kuni UZ Football Awards—2021 marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda futbol sohasida turli nominatsiyalar bo‘yicha O‘zbekistonning 2021 yildagi eng yaxshilari aniqlandi.
«Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevga yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ta’kidlash joiz, Berdiyev 2020 yilda ham yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgan edi.
Foto: PFL
O‘zbekiston terma jamoasi va «Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2020 yilda ushbu sovrin Jaloliddin Masharipovga nasib etgandi.
O‘zbekiston Superligasining ham eng yaxshilari taqdirlandi.
Superliganing eng yaxshi murabbiyi — Piter Hyuistra («Paxtakor»);
Superliganing eng yaxshi futbolchisi — Husayn Norchayev («Nasaf»);
Yosh yulduz — Husayn Norchayev («Nasaf»);
Superliga-2021 to‘purari — Dragan Cheran («Paxtakor») — 16 ta gol;
Foto: PFL
Superliganing eng chiroyli goli — Bilolxon Toshmirzayev («Lokomotiv» — «Turon» uchrashuvida kiritgan goli);
Yilning eng yaxshi hakami — Ilgiz Tantashev;
Superliga—2021 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: O‘tkir Yusupov («Navbahor»);
Himoyachilar: Sherzod Nasrullayev, Husniddin Aliqulov ( ikkalasi ham «Nasaf»), Anzur Ismoilov («Paxtakor»), Marko Kolakovich («So‘g‘diyona»);
Yarim himoyachilar: Sanjar Tursunov («OKMK»), Erkin Boydullayev («Qizilqum»), Dragan Cheran («Paxtakor»);
Hujumchilar: Shohruz Norxonov (So‘g‘diyona), Husayn Norchayev («Nasaf»), Azizbek Omonov («Lokomotiv»).
Yilning eng yaxshi futzal murabbiyi — Bahodir Ahmedov (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va «Huaxin-Jizzax» klubining bosh murabbiyi)
Yilning eng yaxshi futzalchisi — Dilshod Rahmatov (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va «Huaxin-Jizzax» klubining futzalchisi)
Marosimda yana bir qator nominatsiyalar bo‘yicha yilning eng yaxshilari aniqlandi.
O‘zbek futboli nuroniysi — Axbor Imomxo‘jayev;
Fidoiylik ramzi — Sadri Nosirov;
Jasorat sovrini — O‘zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi;
Eng yaxshi futbol jurnalisti — Faxriddin Ro‘ziyev;
Eng yaxshi hududiy assosiasiya — Qoraqalpog‘iston FA;
Muxlislar mehri — «Andijon» fan-klubi;
Ayollar Oliy ligasining to‘purari — Diyora Habibullayeva («So‘g‘diyona-W»);
Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi murabbiyi — Sherali Boboqulov («So‘g‘diyona-W»);
Ayollar Oliy ligasining eng yaxshi futbolchisi — Diyora Habibullayeva («So‘g‘diyona-W»);
Foto: «Daryo» / Madina Nurman
Pro-Liganing eng yaxshi futbolchisi — Marko Obradovich («Neftchi»);
Eng yaxshi yoshlar murabbiyi — A’zam Sherg‘oziyev («OKMK U-21»);
Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi — Ilhom Hanjariyev («OKMK-W»);
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Dildora Nozimova («Bunyodkor-W»). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"