
“Roma” himoyachisi Rik Karsdorp jamoani Joze Mourino qabul qilib olgani uning futbolga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirganini tan oldi.
- Mourino meni yaxshi futbolchi bo‘lishimga hissa qo‘shyapti. Avvallari men ichkilik ichish va ko‘chada behuda vaqt o‘tkazishni xush ko‘rardim. Hozir bularning barchasiga chek qo‘ydim. Men aslida “Roma”ga jiddiy loyihalarda qatnashish uchun kelganman, lekin ancha vaqt hech narsaga erisha olmay yurdim.
Jarohatim tufayli uzoq vaqt davomida o‘zimni ko‘rsata olmadim. Odamlar mendan bu darajani ushlab tura olishim va yana yuqori sport formasiga chiqishim haqida so‘ray boshlashdi. Niderlandiyaga ijaraga jo‘natilganimdan keyin muvaffaqiyatga erishishni qasd qilib ortga qaytdim. Bu foyda berdi va men Mourino boshqarayotgan “Roma”ning asosiy tarkibiga kirdim, - dedi Rik Karsdorp.
Rik Karsdorp joriy mavsumda rimliklar safida barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushdi va jamoadoshlariga beshta golli pas berdi. Niderlandiyalik futbolchi 2017 yilda “Feyenoord”dan 16 million yevro evaziga transfer qilingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar