Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi Murodjon Ahmadaliyev yana himoya jangini o‘tkazishi kerak. Aniqrog‘i, IBF tashkiloti majburiy da’vogar filippinlik Marlon Tapalesga qarshi jangga buyruq berib, muzokaralar olib borish uchun 2 fevralga qadar muddat belgiladi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan va bir necha haftada yakunlanishi kutilmoqda.
Tomonlar o‘zaro kelishuvga erishmagan taqdirda, jangni tashkil qilish uchun ochiq promouterlik savdosi o‘tkaziladi.
Sobiq WBO chempioni hisoblangan Tapales (35-3, 18KO) 2021 yil 11 dekabr kuni eliminator jangida yaponiyalik Hiroaki Teshigavani 7-raundda nokautga uchratgan holda g‘alaba qozonib, majburiy da’vogarlik maqomini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u oldinroq Murodjon Ahmadaliyevning sobiq raqibi Ryosuke Ivasadan muddatidan oldin mag‘lub bo‘lgan.
Ahmadaliyev (10-0, 7KO) o‘zining oxirgi bahsida chililik Hose Velaskesdan ochkolar hisobida ustun kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi