Jaloliddin Masharipovning transfer narxi ko‘tarildi

Jaloliddin Masharipovning transfer narxi ko‘tarildi
Transfer narxlari bilan shug‘ullanuvchi "Transfermarkt" portali futbolchilarning yangilangan bahosini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasi safida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipovning yangi narxi 3 million yevro (avval 2,8 million yevro edi) etib belgilandi.

Ushbu o‘zgarishdan so‘ng Masharipov o‘zbekistonlik futbolchilar orasida 3-o‘rinda joylashgan. Rimning "Roma" klubida o‘ynayotgan Eldor Shomurodov yurtimizdagi eng qimmat futbolchi sanaladi. Uning transferi 12 million yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rindagi Otabek Shukurov ("Sharja" BAA) 3,5 mln yevro hisoblanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar