16:00 / 16.01.2022
3 053

Shomurodovni ayblagan Mourino: Tanqidim foyda berdi!

Shomurodovni ayblagan Mourino: Tanqidim foyda berdi!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino o‘tgan turda “Yuventus”dan uchralgan alamli mag‘lubiyatda Eldor Shomurodovni aylagan edi. O‘ganda 3:1 hisobida oldinda borayotgan rimliklar 70-daqiqada Eldor o‘yinga qo‘shilganidan keyin ketma-ket uchta to‘p o‘tkazgandi. Shomurodovning himoyalanishdagi xatosi jamoaga qimmatga tushgandi.

Shuningdek, Mourino jamoa juda bo‘sh o‘yinchilar borligini, murakkab paytda xarakter ko‘rsatish kerakligini ta’kidlab, boshqa shogirdlarini ham keskin tanqid qilgan. Endi portugaliyalik mutaxassis o‘sha tanqidiga izoh berdi.

- O‘yinchilar tanqidni to‘g‘ri qabul qildi. Bular mening tajribamga va bajarayotgan ishlarimiz kelajagiga ishonadigan odamlar. Suhbatlashayotganimda ijobiy tomonni ko‘zlayotganlarini ko‘rib turaman.

Men futbolchilarga ham matbuotga aytgan gaplarimni aytaman. Faqat ayrim detallarga chuqurroq to‘xtalaman. Futbolchilar rivojlanishni xohlaydi. Ular xafa bo‘lavermaydi va tanqidni ko‘taradi. Shuning uchun ham men ular bilan ishlashdan baxtiyorman
, - dedi Joze Mourino.

Uchinchi transfer kerak emas!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino yanvarda olingan ikki futbolchi bilan kifoyalanishini va boshqa transferga ehtiyoj sezmayotganini ma’lum qildi.

- Biz ikki yarim himoyachi – Serjiu Oliveyra va Eynsli Meytlend-Naylsni olganimizdan juda mamnunman. Qishda boshqa futbolchi olmaymiz va shuning uchun uchinchi transferni kutmanglar. Bu ikki o‘yinchi yuqori o‘rinlar uchun kurashda maydon markazidagi muvozanatni ushlab qolishga yordam beradi.

Bu transfer oynasidagi ishlarimiz tugadi. Ikki yarim himoyachini olishda bizni qo‘llab-quvvatlagan rahbariyatga minnatdorlik bildiraman
, - dedi Joze Mourino.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal”ga tegishli bo‘lgan Eynsli Meytlend Nayls mavsum oxiriga qadar “Roma”da to‘p tepadi. Sport direktori Tyagu Pinto “kanonirlar”ni ijara shartnomasiga bu o‘yinchini keyinchalik sotib olish huquqini qo‘shishga ko‘ndira olmagan. Shu bois, Meytlend-Nayls mavsum yakunlanishi bilan Angliya premer-ligasiga qaytib ketadi.

Bu o‘yinchi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, o‘zini ko‘rsata olmagan.

Serjiu Oliveyra bo‘yicha vaziyat rimliklar xohlagandek ko‘rinish oldi. Tajribali yarim himoyachi mavsum oxirigacha ijarada o‘ynaydi. Yozda “Roma” uni sotib olish huquqiga ega. Buning uchun ular “Portu”ga 15 million yevro atrofida mablag‘ o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi.

O‘yinchining o‘zi ham faoliyatini “Roma”da davom ettirishni istamoqda.

Serjiu Oliveyra joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va bitta golli pas muallifi bo‘ldi.

Yigitlar, tezroq ketganingiz ma’qul!
“Roma” ikki nafar futbolchi bilan xayrlashishni istamoqda. Rimliklar joriy mavsumda birorta o‘yinda ishtirok etmagan himoyachi Davide Santon bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishga urinyapti.

31 yoshli himoyachining amaldagi bitimi yozda yakunlanadi. Tomonlar hozir kompensatsiya miqdori bo‘yicha muzokaraga kirishgan.

Davide Santon o‘z davrida “Chezena”, “Nyukasl”, “Inter” kabi jamoalarda ham o‘ynagan. U “Roma”ga 2017 yilda “Inter”dan olib kelingan. Shundan beri rimliklar tarkibida A Seriyada 41 ta uchrashuvda ishtirok etdi.

Ketishi kerak bo‘lgan ikkinchi o‘yinchi Federiko Fasiodir. Klub mutasaddilari argentinalik legionerni olishni “Salernitana” va “Sampdoriya”ga taklif qilmoqda.

Biroq, Fasioning o‘zi shartnomasi yakunlangunicha “Roma”da qolmoqchi. Uning rimliklar bilan hamkorligi yozda tugaydi.

34 yoshli himoyachi Yevropaga kelganidan keyin “Sevilya” va “Tottenxem”da o‘ynagan. “Roma”ga 2017 yili o‘tgan va jamoaning asosiy o‘yinchilaridan bo‘lgan. Shu paytga qadar A Seriyada 127 ta uchrashuv qatnashib, o‘z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo‘ygan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovni ayblagan Mourino: Tanqidim foyda berdi!