O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi yig‘in doirasida Janubiy Sudan terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqdi. Mazkur bahsda hamyurtlarimiz yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Vakillarimiz safida Shomurodov birinchi bo‘limda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Ikkinchi taymning 67-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda Masharipov 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, termamiz 1 fevral sanasida Yangi Zelandiyaga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.
O‘zbekiston - Janubiy Sudan 3:0
Gol: Eldor Shomurodov 6, - 1:0. Eldor Shomurodov 29, - 2:0 (Javohir Sidiqov). Jaloliddin Masharipov 67 penalti, - 3:0.
O‘zbekiston: 16.Valijon Rahimov, 9.Dilshod Saitov (3.Hojiakbar Alijonov, 81), 15.Umar Eshmurodov, 2.Islom Qobilov, 18.Sherzod Nasrullayev, 20.Akmal Mozgovoy (17.Sardor Sobirxo‘jayev, 57), 7.Otabek Shukurov, 22.Javohir Sidiqov (6.Aziz G‘aniyev, 46), 23.Hojimat Erkinov (21.Shahboz Umarov, 57), 10.Jaloliddin Masharipov (8.Oybek Bozorov, 72), 14.Eldor Shomurodov (11.Sherzod Temirov, 72). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar