
Kuni kecha Angliyada ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan “Paxtakor”ning sobiq ustozi Shota Arveladze “Xall Siti” klubi bosh murabbiyi etib tayinlanganidan xabardorsiz. Gruziyalik murabbiy yangi jamoasidagi debyut o‘yinini o‘tkazishga ham ulgurdi.
Bugun Chempionshipning 29-turida “Xall Siti” o‘z maydonida “Suonsi”ni qabul qildi hamda 2:0 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Tom Ivsning 5-daqiqada hamda Kin Lyuis Potterning 17-daqiqada kiritgan gollari Arveladzega yangi jamoasidagi ilk rasmiy uchrashuvida g‘alaba qozonishiga sabab bo‘ldi.
Ayni paytda “Xall Siti” 24 ta jamoa orasida 18-o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar