
Afrika millatlar kubogi chorak finalidan o‘rin olgan ikki uchrashuv yakuniga yetdi. Senegal va Ekvatorial Gvineya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda nominal mezbonlar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Senegalliklar safida Dedu, Kuyate va Sarr raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Gvineya tarkibida Buyla o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shuningdek, Misr terma jamoasi Marokashni 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Saloh va Hassan tomonidan kiritilgan golga, Marokash futbolchisi Bufal bir bora javob qaytardi.
Shunday qilib, yarim finalda Kamerun - Misr hamda Burkina Faso - Senegal terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar