Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida BAAda yig‘in tashkil etdi. Unda mahalliy chempionatda to‘p surayotgan va legioner futbolchilarimiz jalb etildi. Mazkur yig‘in ishtirokchisi, “Paxtakor” klubi yetakchilaridan biri Farruh Sayfiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Farruh, terma jamoaning yanvar oyidagi yig‘ini qanday o‘tdi?
- Ochig‘i, bu yig‘indan ko‘nglim to‘ldi. Jamoa ancha muddat birga yashadi, futbolchilar yanada bir-biri bilan yaqinlashdi, jamoaviy muhit mustahkamlandi. Bundan tashqari, murabbiylar uchun ham foydali bo‘ldi. Srechko Katanes o‘z uslubi va g‘oyasini futbolchilarga tushuntirish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ldi. Mashg‘ulotlar davomida har bitta chiziq ustida ishlashga vaqtimiz yetarli bo‘ldi. O‘yingacha 1 hafta vaqt qolganda boshlanadigan yig‘inlarda taktikalar ustida ishlashga vaqt qisqa bo‘ladi, biroq bu galgi yig‘inda uslub masalasida ko‘proq ishlay oldik.
- Pandemiya sharoitida yig‘inlar tashkil etilmoqda. Bu borada jamoa muammolarga duch kelmadimi?
- Bugungi kunda butun dunyo yangicha muhit va sharoitga moslashmoqda. Xususan, futbol ham koronavirus bilan hisoblashishga to‘g‘ri kelyapti. Yig‘in paytida ham doimiy ravishda kovidga test topshirib borildi. Jamoa a’zolaridan kimdadir musbat natijalar chiqsa, tezkorlik bilan karantinga olindi. Bu borada jamoamiz shifokorlari ko‘p mehnat qilishdi. Kovid bilan kasallanganlar soni ko‘payib ketishini oldini olish bilan bir qatorda, futbolchilarni tezroq sog‘ayib, mashg‘ulotlarga qaytishlari uchun fidoyilarcha mehnat qilishdi. Ularga albatta rahmat aytishimiz kerak. Pandemiya raqiblarimizga ko‘proq ta’sir qildi. Yaponiya, Bahrayn, Yangi Zelandiya shu sababli rejalariga o‘zgartirish kiritdi. Shunday bo‘lsa-da, yaxshi sparring-raqiblar bilan uchrashuvlarda jamoaviy o‘yin ustida ishladik.
- Siz jamoadagi eng tajribali futbolchilardan biri hisoblanasiz. Shu bilan birga tarkib ancha yosharganini aytib o‘tish kerak. Yoshlarning jamoaga kirishib ketishi qanday kechdi?
- Ha, bir qancha yangi futbolchilar bilan ishladik. Biz qo‘limizdan kelgancha ularga milliy jamoa ahamiyati va bu yerdagi jarayonlarning faoliyatiga ta’siri haqida tajribamiz bilan o‘rtoqlashdik. Yuqorida aytganimdek, yig‘in bu masalada ham sermahsul bo‘ldi. Ya’ni, yangi futbolchilar muhitga to‘liq kirishib keta olishdi.
O‘FA matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar