23:48 / 10.02.2022
1 268

O‘zbek futbolida yaponiyalik taniqli murabbiy ish boshlaydi

O‘zbek futbolida yaponiyalik taniqli murabbiy ish boshlaydi
O‘zbekiston hamda Yaponiya futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng yurtimizda faoliyat yuritish uchun yaponiyalik taniqli bolalar va o‘smirlar futboli mutaxassisi Tetsuya Sutida taklif etildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yurtimizga tashrif buyurgan mutaxassis bilan uzoq muddatli shartnoma shartlari muhokama qilindi, shuningdek, O‘FA qoshidagi 14 ta bolalar va o‘smirlar akademiyalarining ish faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish, o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini samarali olib borish, yosh futbolchilarni to‘g‘ri ovqatlanish me’yorlari, vitaminizatsiya jarayonlari va boshqa bir qancha muhim masalalar haqida atroflicha kelishib olindi.

O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov uchrashuv davomida yaponlarga xos bo‘lgan professionalizm va ishga bo‘lgan yondashuv yurtimizdagi bolalar futboliga zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Tetsuya Sutida 23 yil davomida Yaponiyaning eng nomdor klublaridan biri bo‘lgan “Kashima Antlers”ning yoshlar jamoasi murabbiyi sifatida ishlagan.

Bundan tashqari, U12, U15 va U18 toifalaridagi futbol jamoalariga rahbarlik qilgan. Yaponiya milliy terma jamoasiga 20 dan ortiq futbolchilarni yetishtirib bergan. Shuningdek, Sutida 2016 yildan buyon “C” toifali murabbiylar uchun, 2017-yildan esa “B” toifali murabbiylar uchun instruktor sifatida ta’lim berib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek futbolida yaponiyalik taniqli murabbiy ish boshlaydi