21:50 / 17.02.2022
964

Timur Kapadze: "O‘ylaymanki, muxlislarimiz qarshisida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijaga erishamiz"

Timur Kapadze: "O‘ylaymanki, muxlislarimiz qarshisida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijaga erishamiz"
Xabaringiz bor, bugun Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida U-23 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Shundan so‘ng termamiz ustozi Timur Kapadze OAV bilan muloqot qildi.

"Birinchi navbatda, muhtaram prezidentimizga, O‘FA va OFK rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Bu biz uchun katta tajriba bo‘ladi. Qur’a yaxshi o‘tdi. Guruhimizdan qiyin raqiblar joy olishdi. Biroq bu biz uchun muammo tug‘dirmasligi lozim, chunki uyimizda o‘ynaymiz. Maqsadimiz ulkan, bunga erishish uchun astoydil harakat qilamiz.

Umuman olganda, hamma guruhdan kuchli jamoalar o‘rin olishdi. Har bir jamoa g‘alaba uchun kurashadi.

O‘ylaymanki, muxlislarimiz qarshisida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijaga erishamiz. Superligadagi o‘yinlar hamda ushbu turnir orqali biz tajriba to‘playmiz va albatta, kuchayamiz. Kuchli raqiblarga qarshi o‘ynab, yigitlarimiz o‘z mahoratlarini oshirib borishadi.

Mart oyidagi FIFA kunlarida "Dubay Kubogi" musobaqasida ishtirok etamiz. O‘sha musobaqada ham kuchli raqiblar bilan to‘qnash kelamiz. Bundan tashqari, o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘ladi. Yakunda InshaAlloh o‘z maqsadimizga yetishamiz
", – dedi Timur Kapadze.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "O‘ylaymanki, muxlislarimiz qarshisida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, ijobiy natijaga erishamiz"