Foto: Instagram / @zelenskiy_official
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy videomurojaat yo‘llab, Rossiya qo‘shinlarini Yevropadagi eng yirik — Zaporoje atom elektr stansiyasiga hujum qilganlikda aybladi, deb xabar beradi Meduza.
U o‘z bayonotida rus tilida Rossiyaning tinch aholisiga murojaat qilgan.
«Biz Ukraina va Yevropa tarixiga nuqta qo‘yishi mumkin bo‘lgan kechani boshdan o‘tkazdik. Rossiya qo‘shinlari Zaporoje atom stansiyasiga hujum qildi. Rossiyalik tankchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatma asosida zarba berdi.
Rus xalqi men sizlarga murojaat qilmoqchiman! Qanday qilib bunday bo‘lishi mumkin? Biz axir 1986 yilda Chernobil fojiasi oqibatlari bilan birga kurashgandik-ku! Portlash oqibatida sochilib ketgan yonayotgan grafit esingizdadir. Vayron bo‘lgan energoblok uzra nurlanishlarni eslashingiz kerak. Pripyat va 30 kilometr zonadan evakuatsiyani eslang. Qanday qilib buni unutish mumkin?
Unutmagan bo‘lsangiz, jim turmang. Ko‘chaga chiqing va yashashni, radioaktiv nurlardan zararlanmagan Yerda yashashni istashingizni hukumatingizga ayting. Radiatsiya Rossiya qayerdaligini bilmaydi. Radiatsiya mamlakatingiz chegarasini bilmaydi», — deydi u.
4 martga o‘tar kechasi Ukrainaning Energodar shahri o‘qqa tutilishi oqibatida Yevropadagi eng yirik — Zaporoje atom elektr stansiyasining o‘quv binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 2 ming metr maydonni egallagan bo‘lib, olov besh qavatli binoning yuqori uchta qavatini qamrab olgan. Yong‘inni o‘chirishda 40 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi ishtirok etgan va u mahalliy vaqt bilan soat 06:20 da bartaraf etilgan. Halok bo‘lganlar va jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q. Yong‘in boshlangandan so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tunda favqulodda videomurojaat yo‘llab, Yevropani «uyg‘onishga» chaqirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi AESdagi holat bo‘yicha o‘z bayonoti bilan chiqdi. Idoraning ta’kidlashicha, Zaporoje AESi 28 fevraldan buyon Rossiya qo‘shinlari tomonidan nazorat qilinmoqda, 4 martga o‘tar kechasi esa «Ukraina qo‘poruvchi guruhi» o‘quv-mashg‘ulot markazidan «Rosgvardiya» patruliga o‘t ochib, binoni yoqib yuborgan.
«Kiyev rejimining yadroviy inshootga provakatsiya uyushtirishidan maqsad Rossiyani radioaktiv ifloslanish manbasini yaratishda ayblashga urinishdir», — deydi Mudofaa vazirligi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”