21:20 / 09.03.2022
1 036

Timur Kapadze: "Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz? Bu yoshlarga tajriba yetishmayotgani bilan bog‘liq"

Timur Kapadze: "Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz? Bu yoshlarga tajriba yetishmayotgani bilan bog‘liq"
Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" – "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi.

- Uchrashuv haqida
- Avvalambor, "Qo‘qon-1912"ni g‘alaba bilan tabriklayman va keyingi o‘yinlarida omad tilayman. Yaxshi o‘yin bo‘ldi, ikki jamoada ham qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Afsuski, tajriba yetishmagani bois o‘z imkoniyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Umuman olganda, biz bundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, kamchiliklar ustida jiddiy ish olib boramiz. Keyingi bahsni "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazamiz. O‘sha o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan holda maydonga tushamiz.

- "Olimpik" — Superliga tarixidagi 41-jamoa. Jamoa o‘tgan yili Pro ligada o‘ynagan. Superliga qiyinchilik tug‘diryaptimi?
- Albatta, Superliga jamoalari har taraflama kuchli. Biz ham o‘tgan yilgiga qaraganda ancha o‘sishga erishdik va kuchaydik. Pro ligada yaxshi natija ko‘rsatdik, ammo Superliga bu boshqa daraja. Unda kamchiliklarimiz yaqqol ko‘zga tashlanadi. Yigitlar birinchi o‘yinda yaxshi o‘yin namoyish qilishdi, bugun ham. Kamchiliklar ustida ishlab, sekin-asta kuchayib boramiz. Yigitlarning potensiali bor.

- Ikkinchi taymda cho‘chimasdan 3 ta hujumchi bilan o‘ynadingiz...
- Qo‘rqish bo‘lmadi, chunki taktik sxemamiz shunaqa edi. Faqat oldingi chiziqni yangilash maqsadida o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Zaxiraga olingan va zaxiradan tushgan o‘yinchilarda yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi.

- Ko‘p vaziyatlar yaratyapsizlar, "Surxon" bilan o‘yinda ham shunday bo‘lgandi. Ammo vaziyatlardan foydalanishda oqsayapsizlar. Bu nima bilan bog‘liq?
- Bu yoshlarga tajriba yetishmayotgani bilan bog‘liq. Ular o‘zlariga ishonishlari va xotirjamlikni saqlashlari lozim. O‘yinlarda hayajon ham sezilmoqda. Umid qilamanki, ular bu bosimni yengib o‘tishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Timur Kapadze: "Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz? Bu yoshlarga tajriba yetishmayotgani bilan bog‘liq"