22:01 / 10.03.2022
1 474

Shuhrat Maqsudov: "Tayyor futbolchilarni sotib olib o‘ynatishni hamma ham biladi. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz"

Shuhrat Maqsudov: "Tayyor futbolchilarni sotib olib o‘ynatishni hamma ham biladi. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz"
Superliganing 2-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Bunyodkor" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bugun maydonga tushgan yosh futbolchilarimizga katta rahmat aytaman. "Bunyodkor"ning maqsadi akademiyadan ko‘proq yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilish. Ularning o‘yinidan qoniqdim, albatta biroz tajriba yetishmadi. Ammo yaqin kelajakda ular O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynaydi degan umiddaman. "Qizilqum" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman", - dedi Shuhrat Maqsudov.

- Bugun Suhrob Sultonov uchta gol o‘tkazib yubordi. Keyingi o‘yinda boshqa darvozabon maydonga tushishi mumkinmi?
- Bu narsani keyingi turdan oldin bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

- Bekor qilingan gol haqida nima deya olasiz?
- Bu gol haqida gapirmayman, bu mening ishim emas. Nimadir deganim bilan hech narsa o‘zgarmaydi.

- Usmonali Ismonaliyev hujumda o‘ynamoqda va moslasha olmayotgandek. Zaxirada uning o‘rnini bosa oladigan futbolchilar bor?
- Bor, bugun zaxiradan maydonga tushdi (Husayn Ergashboyev - izoh championat.asia). Yosh futbolchilar tajriba to‘plashi uchun biroz vaqt kerak.

- Yil boshida klub rahbari bilan uchrashuvdan keyin klubning maqsadi o‘zgarmaydi deyilgandi. Ammo hozir maqsadimiz terma jamoaga futbolchi yetkazib berish dedingiz. "Bunyodkor"dek klubning maqsadi terma jamoaga futbolchi yetkazib berishi g‘alati emasmi?
- Biz imkoniyatdan kelib chiqib shu narsaga qo‘l urdik. Akademiya nima uchun? Yosh futbolchilarni asosiy tarkibga jalb qilish uchun. Tayyor futbolchilarni sotib olib o‘ynatishni hamma ham biladi. Lekin bu yil yoshlarga ishonishga qaror qildik. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, buning uchun vaqt kerak bo‘ladi. Klubimiz rahbari bu vaqtni bizga berdilar. Qaytaraman, yosh futbolchilarimning o‘yinidan qoniqdim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shuhrat Maqsudov: "Tayyor futbolchilarni sotib olib o‘ynatishni hamma ham biladi. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz"