Salohgacha "Liverpul"da hech bir futbolchi buni uddalay olmagan edi

Salohgacha "Liverpul"da hech bir futbolchi buni uddalay olmagan edi
Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh klub rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Squawka statistik portali.

Manbaga ko‘ra, Saloh "Liverpul" tarixida to‘rt mavsumda APL doirasida 20 ta gol urgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Shu bilan birga, hujumchi premer-liga tarixida ushbu ko‘rsatkichga erishgan oltinchi futbolchiga aylandi.

Bundan avval APLda faqatgina Alan Shirer (7 mavsum), Serxio Aguyero (6), Terri Anri (5), Xarri Keyn (5) va Rud van Nistelroy (4) 4 yoki undan ortiq mavsumda 20 ta gol urgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar