Ayni kunlarda Namanganda “Navruz Cup” turniri o‘tkazilmoqda. Xalqaro musobaqada Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Uganda hamda mezbon O‘zbekiston milliy terma jamoalari ishtirok etmoqda. Bellashuvlar ikkita yarim final, 3-o‘rin uchun bahs va finaldan iborat.
Dastlab Uganda qo‘shni Tojikistonga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 bilan yakunlangach, penaltilar seriyasida Afrika jamoasi 5:4 hisobida zafar quchdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa Qirg‘iz Respublikasini 3:1 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa, Tojikiston va Qirg‘iz Respublikasi 3-o‘rin uchun bellashuvda qatnashadi. Srechko Katanes shogirdlari finalda Ugandani sinovdan o‘tkaadi. Ikki bellashuv ham 29 mart kuni o‘tkaziladi.
Uchrashuvni ko‘pchilik ko‘rdi. Chunki terma jamoamizning yurtimizdagi o‘yinlarini muxlislar sog‘ingandi. Ancha vaqt Srechko Katanes shogirdlari O‘zbekistonda o‘ynamadi. Terma jamoamiz jahon chempionati saralashlarida qolib ketsa ham muxlis bo‘lib keyingi uchrashuvni kutaveramiz. Chunki bu milliy terma jamoada!
Ammo oxirgi payt terma jamoamizning natijalari pasayib ketganidan tashqari futbolchilarning harakatlaridan qoniqish hosil qilib bo‘lmayapti. Ularning ko‘zida ishtiyoq ko‘rinmayapti. To‘g‘ri, futbolchilarga motivatsiya beradigan JCH saralash bahslari yo‘q. Biroq O‘zbekiston terma jamoasi libosini kiygandan so‘ng uni oqlash lozim. Raqib kim ekanligi va o‘yin qanday maqomdaligidan qat’iy nazar!
Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bellashuvning birinchi 45 daqiqaligi dillarni xira qildi. Nahotki shu bizning terma jamoa bo‘lsa, deb o‘ylab qolganlar yetarlicha topiladi. Futbolchilarni ruxlantira oladigan narsa yo‘qdek. Ular ham 90 daqiqani o‘tkazib olsayu, boshqa ishlarini qilsa. Bu bilan terma jamoamiz Osiyo Kubogining dastlabki saralashidan ham o‘ta olmay qoladi. Birdamlik ko‘rinmayapti. 10-11 yil oldingi natijamiz bilan haligacha ovunib yuripmiz. Boshqalar avlodlar almashinuvini ham ko‘rmagandek boshidan o‘tkazyapti. Bizdachi? Bizda faqatgina nom qoldi xolos.
Bir paytlar ko‘rdim demay o‘tib ketadigan raqiblarimizning murabbiylari bugun shogirdlariga O‘zbekistonni yutsak bo‘ladi, deb ko‘rsatma beryapti. O‘rtoqlik turniridagi raqibni yengib, katta sovrin yutgandek nishonlayapmiz…
Endi murabbiy terma jamoaga chaqirayotgan futbolchi bilan alohida gaplashib oladigan vaqt keldi. Yo‘qotganlarimiz juda ko‘p, sanog‘i yo‘q. Bundan buyog‘iga mag‘lubiyatlar bundanda keskin qabul qilinaveradi. Muxlislarning terma jamoadan talab qiladigani va kutadiganlari ko‘payadi. Shuning uchun Srechko Katanes terma jamoa futbolchilari bilan jiddiy tarzda gaplashib olishi kerak. Terma jamoada borini berib o‘ynash kerak, yoki o‘rnini bo‘shatishi lozim. Boshqa yo‘li qolmadi. Tarkibdagi nomlarni ko‘rsa ko‘z quvnaydi, biroq jamoa kuchsiz.
Kimga qanaqa bilmadim, lekin men ko‘rgan bu terma jamoa O‘zbekiston tarixidagi eng kuchsizi!
Bekzod Isayev
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi