Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" – "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng "ajdarlar" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida qatnashdi.
- O‘yin haqida
- O‘yin oldidan bizda xavotir bor edi, chunki kuchli jamoa maydonida to‘p tepdik. Bundan tashqari, yigitlarimiz endigina yig‘indan qaytishgan edi. Biroq oldimizga qo‘yilgan maqsadimizga erishdik. Bugun har ikki jamoada xavfli vaziyatlar yuzaga keldi, o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Qaysi jamoa gol ursa, o‘sha jamoa g‘alaba qozonardi. Amalda ham shunday bo‘lib chiqdi. G‘alabadan xursandmiz, ammo afsuski, o‘yin oxirida Sherzod Nasrullayev og‘ir jarohatga yo‘liqdi. Ertaroq safimizga qaytishini kutib qolamiz.
- Nasrullayev aynan nima tufayli jarohatlangani haqida batafsil ma’lumot bersangiz...
- Hujumga qo‘shilayotgan paytda noqulay yiqildi. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng hammasi aniq bo‘ladi. Lekin menga aytishlaricha, uning jarohati jiddiy. Bugun-erta shu yerda bo‘lamiz. Balki jarohati bilan bo‘lsa-da, uni o‘zimiz bilan birga olib ketarmiz. Xuddi shunday vaziyat G‘aybullayev bilan kuzatilmoqda. Uni ham birga olib ketishni rejalashtiryapmiz.
- Bugun markaziy himoyachilar qandaydir palapartish o‘ynashdi. Masalan, havodan kelgan to‘plar o‘tib ketaverdi. Ularning o‘yinini qanday baholaysiz?
- Ha, siz aytgandek, bu sezildi. Tanaffusda yigitlarga e’tiborli bo‘lishlarini aytdim. Bu ikkinchi taymda kamroq kuzatildi. Himoyachilarimizda pala-partishliklar kuzatilib turdi. Umumiy o‘yinga baho bersak, "Lokomotiv"ga qaraganda ko‘proq vaziyatlarga ega chiqdik.
- Bahrom Abdurahimov ko‘p jamoalarda o‘ynab chiqdi va u qadar yaxshi ko‘rinmadi. Biroq u sizning qo‘l ostingizdagi "Nasaf"da juda yaxshi o‘ynayveradi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Uning o‘yin uslubi bizga mos keladi. Yigitlarga ko‘proq to‘pni nazorat qilishni uqtiraman. Lekin u boshqa jamoaga borib, chempion bo‘ldi va safimizga qaytgach, u bilan birga Kubokni yutdik. Abdurahimov to‘p bilan yaxshi harakat qiladi. Eng yaxshi davrida Cheran bilan yaxshi juftlik hosil qilishgandi. Bahromga ishonishda davom etamiz.
- Qachongacha bunchalik kamtar bo‘lib yurasiz? Nega chempion bo‘lish vazifasini oldingizga qo‘ymaysiz?
- Bu menga bog‘liq emas. Jamoa oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yishi uchun moliyaviy imkoniyatlarimiz katta bo‘lishi kerak. Biz tarkibni kuchaytirish uchun yanada kuchliroq futbolchilarni jalb qilishimiz lozim, lekin bunga imkoniyatimiz bo‘lmayapti. Shuning uchun o‘z o‘yinchilarimizga tayanishga majbur bo‘lyapmiz.
- Osiyo Chempionlar Ligasi oldidan o‘z fikringizni bildirib o‘tsangiz...
- Ertaga Toshkentda bo‘lamiz, indinga "Paxtakor" bilan birgalikda charter reys orqali Saudiya Arabistoniga yo‘l olamiz. Birinchi o‘yinimiz 8 aprel kuni Osiyoning eng grand jamoalaridan biri bo‘lgan Qatarning "Al Sadd" klubiga qarshi kechadi. Umumiy aytib o‘tadigan bo‘lsak, turnirda ijobiy natija ko‘rsatish uchun borimizni beramiz. Imkoniyatlarimizdan maksimal foydalanamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi