Bobur Abduxoliqov maydon markazidan gol urgan o‘yinda «Energetik-BGU» irodali g‘alabaga erishdi (video)

Bobur Abduxoliqov maydon markazidan gol urgan o‘yinda «Energetik-BGU» irodali g‘alabaga erishdi (video)
Foto: «Energetik-BGU»
Futbol bo‘yicha Belarus Oliy Ligasining 2-turida «Energetik-BGU» 3 aprel, yakshanba kuni «Torpedo-BelAZ»ni qabul qildi.
Uchrashuv debyutida mehmonlar hisobda oldinga o‘tib oldi. 29-daqiqada Bobur Abduxoliqov muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim boshida Aleksandr Svirepa minskliklarning ikkinchi golini urdi.

Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtda o‘zbekistonlik futbolchi maydon markazidan bo‘sh darvozani aniq nishonga olgan holda, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
«Talabalar» ikki turda olti jamg‘argan holda «BATE» bilan birgalikda peshqadam bo‘lib turibdi.

«Energetik-BGU» — «Torpedo-BelAZ» 3:1
Gollar:
0:1 – 4 Gorbachik, 1:1 – 29 Abduxoliqov, 2:1 – 55 Svirepa, 3:1 – 90+5 Abduxoliqov.
«Energetik-BGU»: Makushinskiy, Svirepa, Makavchik, Lavrik (Samotoy, 67), Pashevich, Silinskiy (Omelyanchuk, 82), Abdurahmonov, Rilach, Husanov, Abduxoliqov, Papariga (Grishchenko, 73; Kunskiy, 90).
«Torpedo-BelAZ»: Ustinov (Martyanov, 63), Bushma, Zaleskiy, Yashin, Ivanov, Premudrov, Berezkin, Pobudey, Lipe, Gorbachik (Shevchenko, 61), Kirilenko (Kovalev, 73).
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar