Rimning "Roma" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoni jurnalistlar juda yaxshi ko‘radi. Gapga usta, hazilkash "benazir" hamkasblarimiz uchun chinakam topilma! Portugaliyalik mutaxassis "Sampdoriya" bilan o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida o‘zgacha tryuk namoyish etdi.
Bahs yakunlangach, uyushtirilgan press-konferensiya chog‘ida jurnalistlardan biri nima uchun Nikola Dzanolo maydonga tushmagani bilan qiziqib savol berdi. O‘rinli savol. Gap shundaki, italiyalik yosh iqtidor egasi so‘nggi paytlarda "bo‘rilar" safini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. Jamoa fanatlari Dzanoloni "chamadon" kayfiyati, deb hisoblashmoqda. OAV bu bilan qiziqishi tabiiy. Mourino esa bu savolga tayyorlanganini namoyish etdi. Jurnalist savolni yo‘llab, o‘rniga o‘tirgach, Joze qo‘lidagi qog‘ozni ko‘rsatdi.
Qog‘ozda: "Dzanolo - ikkinchi savol", - deb yozilgan edi. Darhaqiqat, matbuot anjumanidagi ikkinchi savol italiyalik futbolchi borasida bo‘ldi. Murabbiy qog‘ozdagi yozuvni ko‘rsatgach, o‘rnidan turib uni savol yo‘llagan jurnalistga topshirdi. Shunga qaramay, mutaxassis berilgan savolga to‘liq javob berishni unutgani yo‘q.
"U payshanba kuni ertalab terma jamoa ixtiyoridan chiqib klubga keldi. Mushaklarida og‘riq bor ekanligini aytdi. Afsuski, futbolchilarimizni terma jamoadagi faoliyatini boshqara olmaymiz. Natijada, uni mashg‘ulotlardan ozod qildik. Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q. Agar Nikolo o‘ynay olmasa, buni birinchi bo‘lib menga aytadi.
Ochig‘i, mendan buni so‘rashingizni avvaldan sezgan edim. Xafa bo‘lmang. Ammo aytaman. Sizlarni Allegridan "nega Bernardeski o‘ynamadi?", Inzagidan "Nega Edin Jeko maydonda yo‘q", - deb so‘raganingizni ko‘rmadim. Mendan esa biror-bir futbolchi maydonga tushmasa, buni sababini so‘raysizlar! Nikolo bilan vaziyat juda oddiy. Uni tariflashim shart emas, deb hisoblayman. Agar menga ishonmasangiz, uni o‘ziga qo‘ng‘iroq qiling va nima bo‘lgani bilan qiziqing. U sizga barcha haqiqatni aytib beradi."
Bejizga, Jozeni o‘zgacha murabbiylardan biri, deb ta’riflashmaydi. Qahramonimiz o‘zi ishtirok etgan barcha tadbirlarda noodatiy yondashuvi va keskin fikrlari bilan omma e’tiborini o‘ziga qaratishga o‘rganib qolgan. Uning murabbiylik karerasida bunday tryuklar hali ko‘p bo‘lishiga shubha yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi