
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Benfika"ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:3) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz YECHL yarim finaliga chiqadigan va men bundan xursand bo‘lmayotgan kun. Boshimga urib tashlang. Tarkibimizda 7 ta o‘zgarish bo‘ldi. Himoya hech qachon bunday tarkibda o‘ynamagan. Barchasi biz istaganimizdek bo‘lmadi, ammo nima farqi bor? Asosiysi yarim finalga chiqa oldik.
Hozir "Vilyarreal" bilan bo‘ladigan o‘yinni tahlil qilsam g‘alati bo‘ladi. Ularning natijalarini, ajoyib o‘ynayotganlarini ko‘rdim. Mavzuni chuqurlashtirmayman, ammo ular "Yuventus" va "Bavariya" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng yarim finalga loyiqlar.
Unai Emeri - kuboklar qiroli. U barchasini amalga oshiradi. Ammo menga tayyorgarlik uchun vaqt bering", - dedi Klopp. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar