20:30 / 10.10.2022
1 435

Xitoyda «eng omadli» telefon raqami 2 million dollarga auksionga qo‘yildi

Xitoyda «eng omadli» telefon raqami 2 million dollarga auksionga qo‘yildi
Foto: Getty Images
Xitoyning Ali auksion platformasi 15666666666 mobil telefon raqamini sotuvga qo‘ydi. MyDrivers xabariga ko‘ra, tashkilotchilar uni «eng omadli» raqam deb atashgan.

Qayd yetilishicha, raqamning dastlabki bahosi deyarli 2 million dollar (13,6 million yuan) qilib belgilangan. Hozircha kim oshdi savdosida hech kim ishtirok etmagan.

Sotuvchilar raqamning hech qanday yashirin cheklovlari yo‘qligini va sotib olingandan so‘ng darhol foydalanish mumkinligini, shuningdek, uning hisobidagi qoldiq 55 ming dollarni tashkil etishini, u alohida to‘lanishini ta’kidlashgan. Shu bilan birga, Ali platformasi auksionning ehtimoliy g‘olibini umumiy qiymatning 5 foizi miqdorida komissiya to‘lashi kerakligi haqida ogohlantirgan.

Auksion boshlanishi bilan uni o‘n minglab xitoyliklar kuzata boshlagan. Biroq, foydalanuvchilar bunday qimmat raqamga xaridor topilishidan shubha qilishmoqda. Xitoyliklar fikriga ko‘ra, bunday miqdordagi pulga ega odam eslab qolish juda oson bo‘lgan raqamni sotib olmaydi, chunki uni firibgarlar va spamerlar bezovta qilishi mumkin. Bundan tashqari, boy odamlar telefon raqamining chiroyli ekanini emas, balki shaxsiy hayoti sir qolishini afzal ko‘rishadi.

Avvalroq, Xitoy kompaniyalaridan biri 135–8585–8585 mobil raqamini auksionda 1,1 million dollarga xarid qilgan edi. Xitoy tilida ushbu raqamlarning talaffuz qilinishi boy bo‘lish haqidagi tilakning to‘rt marta takrorlanishiga o‘xshab ketadi.

2006 yilda Qatar Telecom 666-6666 mobil raqamini xayriya auksionida 10 million riyolga (2,75 million dollarga) sotishga muvaffaq bo‘ldi. Dastlabki bahosi 1 million dollar qilib belgilangan ushbu raqam auksionida atigi 8 kishi ishtirok etishga xohish bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda «eng omadli» telefon raqami 2 million dollarga auksionga qo‘yildi