Foto: ixbt.com
Google kompaniyasi YouTube pleyerining barcha qurilmalar uchun dizayni o‘zgartirilayotganini e’lon qildi. Bu haqda YouTube blogida ma’lum qilingan.
YouTube’dagi videoroliklarni aylantirishda xronometraj tasmasida aniq prevyu kadri ko‘rinib turadi. Bu esa foydalanuvchilarga videodagi kadrlar bo‘yicha kerakli lahzalarni osongina topib olish imkonini beradi.
Foydalanuvchilar shuningdek, xuddi fotogalereyalardagi suratlarni kattalashtirib ko‘rgandek, tasvirni barmoqlari bilan kengaytirish imkoniga ham ega bo‘lishadi. Ushbu funksiya pinch-to-zoom deb nomlandi. Avvalroq Google ushbu opsiyani YouTube Premium obunachilari orasida sinab ko‘rgan.
Shuningdek, YouTube’da «rangni dinamik tanlash» deb ataluvchi funksiya ham paydo bo‘lmoqda. Bu funkitsiya sharofati bilan interfeysning rang gammasi videodagi ustunlik qilayotgan rangga qarab tusini o‘zgartiradi. Ilovalar va veb versiyadagi qora mavzular yanada qorong‘ulashadi: agar kulrang tuslardan foydalanilgan bo‘lsa, endi ularning barchasi birdek qora tusda bo‘ladi.
Google kompaniyasi bu yangilikni 24 oktabrdan boshlab joriy qila boshlashini e’lon qildi. Sekin-asta ular barcha foydalanuvchilar uchun imkonli bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, bir yil avval YouTube videotasvirlar ostidagi dizlayk hisoblagichni berkita boshlaganini e’lon qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?