Beeline‘da amaliyot o‘tash uchun arizalar qabuli yakunlandi

Beeline mamlakatning III va IV kurs talabalari uchun “Uchinchi avlod-2016” amaliyot o‘tash dasrutida ishtirok etish uchun so‘rovlarni yig‘ishni yakunlagani haqida xabar beradi.
Hammasi bo‘lib yuzdan ziyod ariza topshirilgan, ularning ichidan 75 nomzod ikkinchi bosqichga o‘tdi. Ikkinchi bosqich - test natijalariga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan talabalar xodimlarni tanlash bo‘yicha mutaxassis va bo‘lg‘usi rahbari bilan suhbatga taklif qilinadilar.
Eslatib o‘tamiz, bu yili Beeline‘da amaliyot o‘tash tijorat, texnik va IT va Beeline‘ning konrtaktlar va logistika bo‘limlarida ochilgan.
Amaliyot natijalariga ko‘ra eng muvaffaqiyatli talabalarga o‘qish bilan moslashgan holda maxsus ish jadvali, istiqbolda esa Beeline‘ning doimiy xodimi ish o‘rni beriladi. “Uchinchi avlod” amaliyot o‘tash doirasi 2016 yilning iyun-avgust oylariga rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing